07:27 / 20.03.2016
1279

Rostov-Dondagi aviafalokatda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik oilasiga tovon puli to‘lanadi

Rostov-Donda Flydubai aviakompaniyasining Boeing samolyoti falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlarning qarindoshlariga tovon puli to‘lash xalqaro qonunchilik bo‘yicha amalga oshiriladi, deb aytdi Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov.

“Samolyot BAA yurisdiksiyasida bo‘lgani uchun halok bo‘lganlar tregishli qonun ta'siriga tushmaydilar, bu qonunga ko‘ra rossiyalik fuqarolar sug‘urtalangan bo‘lishlari kerak. To‘lovlar xalqaro qonunchilikka ko‘ra amalga oshiriladi. Flydubai faoliyati 500 mln dollarga sug‘urtalangan. Bu mablag‘lar to‘lovlarni amalga oshirishga yetadi”, deb ma'lum qildi qildi Sokolov.

Samolyot bortida 55 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 12 nafar xorijlik, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Larisa Allen bo‘lgan.

Avvalroq falokatda halok bo‘lgan rossiyalik fuqarolar oilalariga 1 mln rubldan tovon puli to‘lanishi ma'lum qilingandi. Biroq xorijliklarning yaqinlariga bunday to‘lovlar amalga oshirilishi noma'lum qolayotgandi. 

Top