18:46 / 20.03.2016
1319

Tunisning sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Tunis sudi mamlakatning sobiq rahbari Zina al-Obiddin Ben Aliga hukumatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalangani uchun sirtdan 10 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Tunisning «Mozaik FM» radiosi xabar bermoqda.

Mamlakat prokuraturasi vakili Kamel Barbushning ma'lum qilishicha, Ben Ali o‘z mavqeidan foydalanib, Bienvu reklama agentligidan foyda olgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Bu Ben Aliga qo‘yilgan birinchi ayblov emas. U 2011 yilda mamlakatda ishsizlik va korrupsiyaning ildiz otib ketishi natijasida yuz bergan «jasmin inqilobi» sodir bo‘lgach, Saudiya Arabistoniga qochib ketgan edi. O‘shandagi tartibsizliklarda 80 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan.

Top