22:18 / 21.03.2016
1178

Germaniya terma jamoasi futbolchisi vaqtini tungi klubda o‘tkazganligi uchun qattiq jazolandi

“Volfsburg” jamoasi hujumchisi Maks Kruze kelib tushgan arizaga muvofiq mart oyida o‘tkazilishi mo‘ljallangan Angliya va Italiya terma jamoalari bilan o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu qarorga futbolchi tunni Berlindagi tungi klublaridan birida o‘tkazgani uchun jamoa murabbiyi Yoxim Lev kelgan.

“Men jamoamda faqat professionallar o‘ynashini istayman. Ayni damda u faqatgina ikkita o‘yindan chetlatildi”, — degan murabbiy.

Top