22:00 / 21.03.2016
1521

Internet orqali bola sotib olgan ayolga shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi

Moskvalik ayol internet orqali Nijniy Novgorod shahridan yangi tug‘ilgan bolani sotib olgani uchun shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 2015 yilning iyun oyida ayol internet orqali Nijniy Novgorodlik ayol bilan bola sotib olish masalasida tanishadi.
“Ayollar voyaga yetmagan go‘dakni 100 ming rubl qiymatida sotib olish masalasida kelishib olishadi”, — deyiladi ma'lumotda.

Nijniy Novgorodlik ayol esa shartli ravishda besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top