13:54 / 21.03.2016
1200

Kiyevning “Dinamo” klubi darvozaboni Shovkovskiy Ukraina chempionati rekordini o‘rnatdi

Kiyevning “Dinamo” klubi darvozaboni Aleksandr Shovkovskiy Ukraina chempionatida o‘tkazgan uchrashuvlar miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Shovkovskiy "Dinamo" – "Zarya" uchrashuvining asosiy tarkibida maydonga tushib, o‘zining hisobiga milliy chempionatdagi 413-uchrashuvini yozib qo‘ydi.

Ukraina chempionatida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar beshtaligi quyidagicha ko‘rinishdan iborat:
1. Aleksandr Shovkovskiy – 413 o‘yin
2. Oleg Shelayev – 412 o‘yin
3. Aleksandr Chijyevskiy – 401 o‘yin
4. Aleksandr Goryainov – 391 o‘yin
5. Vyacheslav Checher – 369 o‘yin

Top