17:11 / 21.03.2016
1238

OAV: “Arsenal”ning yangi bosh murabbiyi Mourino bo‘lishi mumkin

Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga chelsiliklarning sobiq ustozi Joze Mourino tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Fichjes.

Avvalroq OAVda mutaxassis “Manchester Yunayted” bilan ilk shartnoma imzolagani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma'lumot uchun: “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger klubni 1996 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Top