16:38 / 21.03.2016
1384

ShHT: Qozog‘istondagi parlament saylovi ochiq va demokratik ruhda o‘tdi

20 mart kuni Qozog‘istonda parlament quyi palatasi (Majilis) hamda mahalliy davlat organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar "ochiq, erkin va demokratik ruhda o‘tgan". Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotining saylovlarni kuzatish uchun yuborilgan missiyasi rahbari Aziz Nosirov ma'lum qildi.

ShHT missiyasining bayonotida aytilishicha, saylov vaqtida qoida buzilishlari qayd etilmagan.

Missiya a'zolari Qozog‘istonning turli shaharlari va tumanlaridagi 65ta saylov uchastkasiga tashrif buyurgan va qozog‘istonliklarning saylovda katta faollik ko‘rsatishganini qayd etishgan.

Nosirovning so‘zlariga ko‘ra, missiyaning ish jarayoni vaqtida saylovchilar tomonidan shikoyatlar bildirilmagan.

ShHTning saylov uchun yuborilgan missiyasi tarkibi 9 kishidan iborat bo‘lib, ular orasida Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari bor. Qozog‘istondagi saylovlarni kuzatish uchun butun dunyodan kelganlar soni jami 817 kishini tashkil etdi.

Qozog‘istonda parlament saylovlari o‘z yakuniga yetdi

Qozog‘istonda parlament saylovlari natijalari e'lon qilindi

Top