22:24 / 21.03.2016
1473

Yanvar va fevral oylarida havo harorati bo‘yicha Yerda yangi rekordlar o‘rnatildi

2016 yilning yanvar va fevral oylarida Yer sayyorasida havo harorati bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi. Jumladan, havoning isib ketishi, qurg‘oqchilik va tropik siklonlarning faollashuvi shu bilan ifodalanadi. Bu haqda Jyenevada Butunjahon meteorologiya tashkiloti xabar bergan.

Yerdagi o‘rtacha global harorat 1961-1990 yillarga qaraganda 0,76 daraja yuqori bo‘lgan. 2016 yilning dastlabki ikki oyi ham shu daraja saqlanib qolgan.

Butunjahon meteorologiya tashkilotining ma'lum qilishicha, dengizlardagi muz darajasi va bug‘lanish holati rekord darajada tushib ketgan.

Top