14:20 / 22.03.2016
1117

Bryussel aeroportida portlashlardan oldin otishma va arab tilidagi baqiriqlar ovozlari eshitilgan

Bryusseldagi aeroportda portlashlar yuz berishidan oldin otishma sodir bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, guvohlar arab tilidagi hayqiriqlarni eshitishgan.

Bundan oldinroq, aeroportda portlashlar sodir etilishi natijasida 17 kishi halok bo‘lgani va o‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar berilgandi.

Ayni vaqtda aeroport yopib qo‘yilgan, aviareyslar bekor qilingan.

Top