14:55 / 22.03.2016
2091

Bryussel metrosida to‘rtinchi portlash sodir etildi

Bryussel shahri metrosining yana bir bekati Arts-loi da navbatdagi portlash yuz berdi. Bu haqda i24news telekanali muxbiri tvitter orqali xabar bergan.

Qayd etish kerakki, bu metro bekati AQShning Belgiyadagi elchixonasi yaqinida joylashgan.

Bundan oldinroq, metroning Maalbeek va Schuman bekatlarida 3 marta portlash sodir etilgani va jami 13 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Undan oldinroq, poytaxt aeroportida 2ta portlash sodir etilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgandi.

Hukumat aeroportni va barcha metro bekatlarini yopishga buyruq bergan.

Top