14:40 / 22.03.2016
1990

Bryussel metrosining Maalbek bekatidagi portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Maalbek metro bekatida sodir etilgan terakt natijasida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi mahalliy politsiyaga asoslanib, xabar tarqatgan.

"Ayni vaqtda portlash tufayli qurbon bo‘lganlarning aniq miqdori aniq emas. Hududda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha 10 kishininsh jasadi aniqlangan. Qurbonlar soni ortishi mumkin", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Bryusseldagi metroning 2 bekatida portlash sodir etilgani haqida xabar berilgandi. Portlashlarning ikkinchisi "Shuman" bekatida yuz bergan.

Top