19:00 / 22.03.2016
1766

Chirchiqdagi jinoiy to‘da qilmishi fosh etildi

Kuz faslining odatdagi kunlaridan biri Chirchiq shahridagi do‘konlardan birida savdo qiluvchi Zulfiya Jumanova do‘konni qulflab uyga ketadi. Shu payt do‘kon atrofida uch kishi paydo bo‘ladi. Jinoiy guruh a'zolari Samariddin, Shahboz va Doston edi. Ular do‘konni qulfini buzib, do‘kondagi jami 65 dona umumiy summasi 32 million 700 ming so‘mlik uyali telefon apparatlarini olib chiqishib, voqea joyidan juftakni rostlashdi.

Ular o‘z jinoiy ishlarini davom ettirib, Chirchiq shahri 3-kichik dahada joylashgan Shavkat Saidboyevga tegishli bo‘lgan kompyuter xonasiga bostirib kirib, umumiy summasi 29 million so‘mlik bir necha televizor, kompyuter va boshqa buyumlarni olib voqeadan joyidan qochib ketishdi.

Jinoyatni hadisini olgan bosqinchilar 2014 yilning yoz oylari boshida Bo‘stonliq tumanida yashovchi Sherali Alimovning uyiga bostirib kirib, uning hovlisidagi “Spark” mashinasiga bog‘lab dalaga olib kelib, rosa do‘pposlashdi va mashinada salonida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 200 AQSh dollari qimmatbaho uyali telefon, fotoapparat va bir qancha buyumlarni olishdi. Ular Sheralini dalada qoldirishib, voqea joyidan juftakni rostlashdi. Mumaygina daromadni qo‘lga kiritgan jinoyatchilar Chirchiq shahridagi kafelardan birida uzoq viloyatdan kelgan 4 nafar kafe mehmonlariga tan jarohati yetkazishib, o‘zlarining bema'ni xatti-harakatlarini amalga oshirishdi. Jinoyat jazosiz qolmaydi, tergov va surishtiruv jarayonida jinoiy guruh a'zolarining barcha qilmishlari fosh etilib, qilmishlariga yarasha jazosini olishdi.

Top