15:13 / 22.03.2016
1261

Tsukerberg Buyuk Xitoy devoridan chanalarda uchib tushdi

Facebook rahbari Mark Tsukerberg, o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Buyuk Xitoy devoridan chanada sirpanib tushayotgani aks etgan suratni joylashtirdi. Facebook’ka 21 mart kuni joylangan surat allaqachon 17 ming kishining olqishiga sazovor bo‘ldi.

Suratda devorga o‘rnatilgan  maxsus temir moslama yordamida devorni quyi qismiga tushish mumkinligi aks etgan. Hozircha, tadbirkor Xitoy bo‘ylab sayohat qilmoqda. U Xitoyga tashrifi mobaynida 20 mart kuni Pekinda ochilgan  «Xitoy taraqqiyoti-2016» forumida ham ishtirok etishga ulgurdi.

Bundan avval, mart oyi boshlarida Tsukerberg yana bir shov-shuvga sabab bo‘lgandi. O‘shanda, Pekin ko‘chalarida Tsukerbergning tonggi yugurishi aks etgan suratlari turli xil fikrlarga sabab bo‘lgan edi.  Markning yangi suratiga qoldirgan izohida Xitoyga tashrifidan xursandligini ta'kidlagan.  Facebook foydalanuvchilari esa, Xitoyda ayni ijtimoiy tarmoq taqiqlangan bo‘lsa, u qanday qilib suratlarni joylashtirgani borasida turli fikrlar bildirmoqdalar.

Top