21:36 / 22.03.2016
2186

Gucci Betmenni o‘z liboslari bilan kiyintirdi

Italiya modalar uyi hisoblanmish Gucci "Betmen Supermenga qarshi. Adolat tongida" filmi uchun liboslar yaratdi. Ular Bryus Ueyn roli ijrochisi Ben Afflek uchun maxsus tayyorlangan.

Gap Bryus Ueynning initsiallari tushirilgan ko‘ylaklar, palto, charm kurtka, qora ko‘zoynak, shuningdek, bir qator aksessuarlar haqida bormoqda.

"Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida" filmi 2016 yilning 24 martida Rossiya prokatiga chiqishi kutilmoqda. Ushbu film rejissyor Zak Snayder tomonidan suratga olingan.

Top