09:13 / 22.03.2016
1571

Intel asoschisi 80 yoshida olamdan o‘tdi

Kelib chiqishiga ko‘ra venger bo‘lgan amerikalik tadbirkor, Intel korporatsiyasi asoschilaridan biri va sobiq rahbari Endryu Grouv 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.

1968 yilda u Robert Noys, Gordon Mur va boshqa hamkorlari bilan birgalikda Intel korporatsiyasini tashkil etgandi. U 2005 yilda direktorlar kengashi a'zoligidan iste'foga chiqqandi.

Korporatsiyaning amaldagi rahbari Brayan Krzanich uning o‘limi munosabati bilan ta'ziya bildirgan va uning o‘z hamkorlarini ilhomlantirish borasidagi fazilatlarini yod etib o‘tgan.

Boshqa tadbirkorlar ham uning o‘limi munosabati bilan uni yod etgan.

"Endi Grouv texnologiya dunyosi gigantlaridan edi. U mamlakatimizni yaxshi ko‘rar edi va uning yanada yuksalishi uchun o‘z hissasini qo‘shardi. Tinchlikda orom ol", deya tvit yozadi Apple rahbari Tim Kuk.

Top