12:24 / 22.03.2016
1804

Milliarder Ilon Mask rafiqasi bilan yana ajrashmoqchi

Milliarder Ilon Mask va uning turmush o‘rtog‘i britaniyalik aktrisa Talula Rayli ajrashishga ikkinchi marta urinishni boshlashdi.

AR axborot agentligining xabariga ko‘ra, tadbirkorning rafiqasi 21 mart kuni Los-Anjyeles sudiga tegishli ariza bilan murojaat etgan.
2014 yil dekabrida Mask ajrimga ariza berib, yetti oydan so‘ng suddan arizasini qaytarib olgan edi.

Agentlik xabarida yozilishicha, turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishuv asosida 2,5 yillik turmushlariga yakun yasashga qaror qilishgan. Ular oxirgi olti oy davomida alohida yashashgan va do‘st bo‘lib qolishni niyat qilishgan.

2000 yili pretoriyalik (Janubiy Afrika Respublikasi) Mask Kanadada o‘qishi davomida tanishib qolgan Jyustin Maskka uylanadi. Ularning besh nafar farzandi bor. 2008 yili juftlik ajrashgan. 2010 yili tadbirkor aktrisa Talula Rayliga uylanadi. 2012 yili ajrimga ariza beradi, lekin 2013 yil iyulda munosabatlarni qayta tiklab olishadi.

Ilon Mask – Falcon raketa-yo‘ldoshi va Dragon kosmik kemasi ishlab chiqilgan SpaceX aerokosmik kompaniya asoschisi. O‘tgan yili Forbes jurnali uning boyligini 15 milliard dollar deb baholagan.

Top