17:22 / 22.03.2016
2201

Toshkent shahridagi mahallalardan birida mudhish YTH sodir bo‘ldi

22 mart tongida Toshkentning “Bodomzor” mahallasida mudhish yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zolari xabar bermoqda.

Guruh foydalanuvchilari YTH bugun tongda yuz berganini, katta tezlikda kelgan Captiva haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning piyodalar qatnaydigan qismiga o‘tib ketganini ma'lum qilishmoqda.

Bundan tashqari, “Voditeli Tashkenta” guruhi a'zolari mashinani ayol kishi boshqarganini ma'lum qilishgan. Ayrimlar uni bir odamni urib yuborgan, degan taxminlarni ham ilgari surgan.
“Yo‘lda odam urib yuborgan mashinaning ortidan YPH xodimlari quvishgan. Mahalla bo‘ylab katta tezlikda ketayotgan avtomobil shu ko‘yga tushgan”, – deydi guruh a'zolaridan biri.

Captiva haydovchisi bir vaqtning o‘zida shu mahalladagi Cobalt va Spark avtomobillariga ham zarar yetkazgan.

Top