15:38 / 23.03.2016
1428

Filippinliklar murabbiyi O‘zbekiston termasi guruhdagi eng kuchli jamoa ekanini qayd etib o‘tdi

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Filippin uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab Filippin bosh murabbiyi Tomas Duley ishtirok etib, o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

“Toshkentda ajoyib ob-havo hukmron va stadion ham juda chiroyli. Tarkibdagi ba'zi muammolarga qaramay, ertaga ajoyib natija namoyish etishga harakat qilamiz.

Men realistman va bilamanki, O‘zbekiston guruhdagi eng kuchli jamoa. Guruhimiz ham saralashdagi eng qiyinlaridan biri. Bundan tashqari, saralash o‘yinlari davomida juda uzoq vaqtni oladigan parvozlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Bu ham jamoaning jismoniy holatiga ta'sir qiladi. Shularning barchasini hisobga olib aytishim mumkinki, erataga osonlikcha ochko qo‘lga kirita olmaymiz. Lekin o‘yindan faqat yaxshi natijalar kutaman.

Men kelajakda Filppin futboli rivojlangan davlatlardan biriga aylanishiga ishonaman. Ayyni vaqtda mamlakatda eng ommalashgan sport turlaridan biri aynan futbol. Buni hayratlanarli joyi yo‘q. Chunki futbol jahon bo‘ylab eng mashhur sport turi hisoblanadi. Shuningdek, filippinliklar, bilasiz, odatda bo‘ydor bo‘lishmaydi. Aytaylik, basketbol bilan shug‘ullanishsa, ularda professinal o‘yinchi bo‘lish uchun imkoniyatlari kam. Futbolda esa vazn yoki hajm aossiy rolni o‘ynamaydi. Unda mahorat ko‘p narsani hal qiladi. Futbol orqali mamlakat ijtimoiylashishi va birlashishi ham jamiyatni oldinga qadam tashlashida muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston barcha jabhalarda guruhning eng kuchli jamoasi. Texnik, jismoniy va taktik tomondan ular guruhdagi barcha jamoalardan ustun. Bu jamoada kuchli ligadalarda to‘p surayotgan legionerlar ham bor. Ertangi o‘yinda biz autsayder ekanimizni bilamiz. Lekin futbolda hamma narsa bo‘ladi. Raqibning kuchli tomonlarini bilganimizdek, zaif jihatlari ham yo‘q emas. Biz ulardan foydalanishga intilamiz”, - deydi Filippin bosh murabbiyi.

Top