17:11 / 23.03.2016
1760

IT-gigantlar elektron pochtani xavfsizroq qilishmoqchi

Google, Microsoft, Yahoo, Comcast va LinkedIn kompaniyalari elektron pochtaning yangi mexanizmini yaratish uchun birlashdilar. Yangi mexanizm bo‘yicha barcha xat-xabarlar shifrlangan holda yuboriladi.

Ularning bu urinishlari SMTP Strict Transport Security (SMTP STS) nomini oldi.

Hozir xaker qalbaki raqamli sertifikatdan foydalanishi va tizim uni haqiqiy deb qabul qilishi mumkin. Natijada, foydalanuvchi, o‘zi bilmagan holda, maktublarini himoyalanmagan serverga yuboradi. IT-gigantlarning birlashuvi shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi. Yangi tizim server SMTP STS’ni qo‘llab-quvvatlashini va shifrlash haqiqiyligini tekshiradi. Shundan keyingina maktub yuboriladi. Tekshiruvda nosozliklar aniqlansa, xabar yuborilmaydi, foydalanuvchi esa tegishli mazmunda ogohlantiruvchi xat oladi.

Top