10:32 / 23.03.2016
1377

JARda 2 yil oldin izsiz yo‘qolgan Malayziya samolyotiga tegishli bo‘lak topildi

2014 yilning mart oyida qulagan Malayziyaning «Boing 777»ga tegishli bo‘lishi taxmin qilinayotgan samolyot bo‘lagi JARda topilgan. Mazkur qismni o‘rganish uchun Malayziyadan maxsus ekspertlar jalb qilingan, deya xabar beradi Reuters.

Samolyot bo‘lagi JARning Mosselbay shahridan uncha uzoqlikda bo‘lmagan ko‘l bo‘yida topilgan. Ushbu bo‘lak samolyot dvigatelining yuqori qismi bo‘lishi mumkin. Yaqin vaqtda ushbu qism bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mart oyi boshida xuddi shu «Boing»ga tegishli bo‘lgan bo‘lak Mozambikda topilgandi.

Malaysia Airlines’ning Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan samolyoti 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Kema bortida 239 kishi bo‘lgan.

Top