16:48 / 23.03.2016
1262

Jyeb Bush Ted Kruzni AQSh prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi

Florida shtatining sobiq gubernatori, AQSh prezidentligi uchun saylov poygasini tark etgan sobiq nomzod Jyeb Bush o‘zining sobiq raqibi Ted Kruzni saylovda qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda Politico nashri xabar tarqatgan.

"Ted an'anaviy konservator, u praymerizda saylovchilar ishonchini qozonish va g‘olib chiqa olish imkoniga ega nomzod", degan Bush.

Bundan oldinroq, AQShning g‘arbiy shtatlarida dastlabki saylovlar boshlangach, Arizonada respublikachi Donald Tramp 45,6 foizlik natija bilan ustunlik qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Yuta shtatidagi praymerizda esa Ted Kruz 58,8 foiz ovoz to‘plab, o‘z partiyadoshlari Donald Tramp (19,2 foiz) va ogayolik gubernator Jon Keysikni (22 foiz) ortda qoldirgan.

Top