16:10 / 23.03.2016
2527

Kamoliddin Rahimov: “Men portlamayman, dardlarimni qo‘shiq orqali chiqaraman”

Kamoliddin Rahimov ellik ikki yil kuy chalib, qo‘shiq kuylab, xalqning nafaqat e'tirofi e'tibori, e'zozi, balki qalbining to‘ridan o‘chmas, mustahkam o‘rin eshallashga ulgurgandi. 25 fevralda hofizning vafot etganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Darakchi” nashri ustoz san'atkorni xotirladi.

Kamoliddin Rahimov ota-onasining tanlovi bilan Kifoyatxon ismli qizga uylanadi. Bu oila sevgi emas, taqdir nomli asosga qurilgandi. Birgalikda yetti farzand — to‘rt o‘g‘il, uch qizni voyaga yetkazib, tarbiyalashgan.18 nafar nabira, 10 evaraning bobo-buvisi edilar.
Biroq hayot kutilmagan sinovlari bilan insonni “siylab” turishi ayni haqiqat. 2009 yilning 29 mayida Kamoliddin Rahimov taqdirning galdagi beshafqat imtihonidan o‘tdi. Aniqrog‘i, necha yillar davomida dardi, quvonchi bir bo‘lgan, bir-biriga suyanib, tayanch bo‘lib yashagan rafiqasi qand kasalligi va yurak xuruji bilan bu foniy dunyoni tark etadi.

Bu og‘ir judolikhofizning qaddini anchayin bukib qo‘yadi. Ko‘ngli bo‘shab, ko‘ziga darrov yosh oladigan bo‘lib qolgandi... Biroq Kamoliddin Rahimov dilidagi dardini tiliga chiqarmas edi. U kishi bilan suhbatlashganlar “Men portlamayman, dardlarimni qo‘shiq orqali tashqariga chiqaraman”, deganiga guvoh bo‘lishgan.

Tabiatan og‘ir-bosiq, kamgap bo‘lgan ijodkor Shayx Sa'diy, Mashrab, Fuzuliy, Bobur, Navoiyning kitoblarini o‘qib, hordiq chiqargan, ulardan kuch olgan.

Top