19:27 / 23.03.2016
1681

Kasaba uyushma faollari Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida bo‘lishdi

Diyorimizda Navro‘z shukuhi kezib yurgan kunlarda Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an'analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan tizimli ishlar alohida ta'kidlandi. Mazkur “Saxovat” uyida istiqomat qiluvchi 47 nafar xotin-qizga kasaba uyushmalarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga 25 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida kasaba uyushma faollari tomonidan “Saxovat” uyi hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

Taniqli san'atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida tashkil etilgan bayramona konsert dasturi tadbirga yanada fayz kiritdi.

Top