21:24 / 23.03.2016
1373

Kerri tvitterida Moskvaga Suriya va Ukraina masalasini muhokama etish uchun kelganini yozdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘z tvitterida Moskvaga tashrifidan maqsadi haqida yozib qoldirgan.

"Men Moskvadaman. Bu yerga Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar, Suriya, Ukraina va boshqa masalalarni muhokama etish uchun keldim", deya yozgan.

Kerri Moskvaga 2 kunlik tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, shuningdek Germaniya TIV rahbari Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bundan oldinroq, Kerri Putin bilan uchrashuvda Suriyadagi siyosiy o‘tish davri hukumati haqida gaplashishi ma'lum qilingandi.

Top