10:36 / 23.03.2016
1603

«Nyukasl» xo‘jayini: «Futbol biznesiga pul tikkanimdan afsuslangan vaqtlarim ham bo‘ladi»

Angliyaning «Nyukasl» klubi xo‘jayini Mayk Eshli o‘z vaqtida futbol biznesiga pul tikkanidan afsuslangan paytlari ham bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

«Futbol bilan aloqa qilganimdan afsuslangan paytlarim ham bo‘lganmi? Ha. Juda ko‘p yoqimli holatlar ham kuzatilgan, ammo bu yerda biror natija xuddi Sports Direct bo‘lgani kabi muvaffaqiyatlarga erishmaganimda shunday holat kuzatilgan.

Men «Nyukasl»ga foydali bo‘lgan ish qilishni istayman. Jamoani kuchli bo‘lishini xohlayman, biroq hozircha buni uddasidan chiqa olganim yo‘q.

Jamoa APLni tark etsa ham shu yerda qolamanmi? Menda tanlov huquqi yo‘q. Men xuddi Sports Directga kabi «Nyukasl»ga ham uylanganman.

Menda u bor. Ularda men borman», – deya ta'kidlagan Eshli.

Top