19:59 / 23.03.2016
1367

O‘zbekiston TIV: Bryusseldagi teraktlardan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

22 mart kuni Bryussel shahrida sodir bo‘lgan qator portlashlar natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida ma'lum qilindi.

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 270ga yaqin kishi jarohatlangan.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top