10:47 / 23.03.2016
1352

Texas shtatida yil boshidan beri beshinchi mahbus qatl etildi

Texas shtati ma'muriyati o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan munitsipal xizmat xodimini o‘ldirgani uchun 8 yil muqaddam o‘lim jazosiga mahkum qilingan jinoyatchini qatl etdi. Qatl o‘limga olib keluvchi inʼeksiya kiritish bilan amalga oshirildi.

Qatl etilgan 33 yoshli Adam Uord yil boshidan beri Texasda qatl etilgan 5-mahbus, AQShda bo‘yicha esa 9-mahbus bo‘ldi.

2005 yil Kommers shahrida Uord turli keraksiz narsalar bilan qoplab tashlangan uylarni tartibga keltirish bilan shug‘ullangan inspektor, 46 yoshli Maykl Uolker bilan tortishib qolgan. Uolker o‘zining orqa hovlisini chiqindixonaga aylantirgan Uordning uyiga kelgan. Inspektor uy egasi bilan tortishib ketgan va unga agar chiqindixonani bartaraf etib, hududni dezinfeksiya qilishga ijozat bermasa, yordam chaqirtirish bilan tahdid qilgan. Uord uyga kirib ketib, 45-kalibrli to‘pponcha bilan qaytib kelib, Uolkerni otib tashlagan. Uning tanasida 9 ta o‘q izi aniqlangan.

Jinoyatchi bir necha bor jazoning yumshatilishiga harakat qilgan. Uning advokatlari Uord aqli zaifligi, ruhiy norasolikdan aziyat chekishiga shama qilishgan. Biroq Texas sudlari jazoning yumshatilishi haqidagi iltimosnomani rad etishgan. Ular Uord o‘z harakatlari va uning oqibatlarini juda yaxshi anglaydigan shuurli holda ekanligini aytishgan. AQSh Oliy sudi ham qatlga sanoqli soatlar qolganda qotilning bu oxirgi iltimosini bajarishni rad etgan.

Umumiy hisobda AQShda 31 ta shtatda o‘lim jazosini amalga oshirishga ruxsat berilgan. AQShda joriy yilning apreliga holatiga ko‘ra, 3002 mahbus qatl etilishini kutib o‘tiribdi. O‘lim jazosi yana qo‘llanishi boshlangan 1976 yildan boshlab 2015 yil sentabrigacha 1414 jinoyatchi qatl etildi. Ularni qatl etishning eng keng tarqalgan usuli o‘limga olib keluvchi inʼeksiya kiritish hisoblanadi.

Top