07:29 / 24.03.2016
1395

Belgiya prokuraturasi Erdo‘g‘anning terrorchilardan biri deportatsiya qilingani haqidagi so‘zlarini rad etdi

Belgiya prokuraturasi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Bryusselda terakt uyushtirgan terrorchilardan biri 2015 yilda Turkiyadan deportatsiya qilingani haqidagi so‘zlarini rad etdi, deb xabar bermoqda De Morgen nashri.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya hukumati terrorchilardan birini 2015 yil iyunda xalqaro terrorchilik bilan aloqasi borligini aytib, Belgiyaga deportatsiya qilgan.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Belgiya huquq-tartibot muassasalari Turkiyaning ogohlantirishiga qaramasdan, terrorchining xorijiy terrorchilar bilan aloqasi borligini aniqlay olmaganlar.

Top