15:25 / 24.03.2016
1392

YeI oliy vakili nasroniy va musulmonlarni ayirmaslikka chaqirdi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Yevropani “biz, nasroniylar” hamda “ular, arablar, musulmonlar, terroristlar” deb ayirmachilik qilish o‘ta katta xato va bu yevropacha totuv yashash qadriyatlariga zid ekanini bildirdi.

Shu mazmundagi intervyuni La Repubblica gazetasi 24 mart kuni chop etdi.

Agar “biz”, yevropaliklar va nasroniylar hamda “ular”, arablar, musulmonlar, terroristlar deb ayirmachilikda davom etsak, totuv yashash mumkin emasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘layotganlarga dalda bergan bo‘lamiz. Yevropaning oliy qadriyati – millati, e'tiqodi va madaniyatidan qat'iy nazar hammaning birga totuv yashash va ishlash imkoniyati. Xilma-xilligimiz – bizning qudratimiz, tinchlik va farovonligimiz garovidir”, - deb fikr bildirdi Mogerini.

Mogerinining tan olishicha, Yevropadagi terrorizm muammosi faqat ichkarida emas. “Hukumatda bo‘shliq hosil bo‘ladigan har qanday vaziyat terrorchilar uchun yangi imkoniyat yaratadi. Bu fojia (Bryussel terakti) Suriya inqirozining tezroq hal bo‘lishiga hamda Liviyada halokatli rivojlanishning oldini olishga zamin yaratadi, deb umid qilamiz”, -deb bildirib o‘tdi diplomat.

Shuningdek, Mogerini terrorizmni faqatgina Yevropa umumiy strategiyasi orqaligina yengish mumkin, deb hisoblashini bildirdi.

Top