23:28 / 24.03.2016
1356

Jamiyatga zid g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi daniyalik imomlar fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin

Daniya jamiyatining "asosiy qadriyatlariga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi daniyalik imomlar fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda The Local nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, bunday tashabbusni qattiqqo‘l migratsiya siyosatini ilg‘or suruvchi Daniya xalq partiyasi bildirdi. Bu chora Daniyada radikal islomning yoyilishiga to‘sqinlik qilishi aytilmoqda.

"Konstitutsiyada istalgan odam o‘z diniga u ma'naviyatga zid kelmaguncha va jamoatchilik tartibini buzmaguncha ibodat qilishi mumkinligi aytilgan", deb aytdi partiya vakili Martin Xenriksen.

Ushbu tashabbus yetakchi Liberal partiya hamda muxolif sotsial-demokratlar va konservatorlar partiyalari tomonidan ham ma'qullandi. Biroq bu g‘oyaga qarshi chiqayotganlar ham bor. Misol uchun, Orxusdagi masjid kengashi raisi Usama al-Sa'diyning fikricha, bunday choralar islom radikalligini kamaytirish o‘rniga, aksincha uni yanada kuchaytiradi.

Top