16:02 / 24.03.2016
1655

Muzlik ichidagi ilk to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi

Britaniyalik juftlik - 41 yoshli Entoni Li va 36 yoshli Meri Jons-Li dunyoda birinchi bo‘lib Islandiyadagi ulkan muzlik ichida turmush qurishdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Bayram marosimi taxminan Laungyyekyudl muzligining 40 metr chuqurligida va minus ikki daraja sovuqda bo‘lib o‘tdi. Kelin-kuyovni 19 nafar mehmon kuzatib bordi.

To‘yning umumiy qiymati 9 ming yevroni tashkil etdi (uchib borib-kelish narxi bilan birga). Undan muzxona ichida joylashgan ibodatxonani ijaraga olish uchun 2,2 ming yevro sarflandi.

Laungyyekyudl – kattaligi bo‘yicha Yevropada ikkinchi o‘rinda turadi.

Top