16:28 / 24.03.2016
2690

Toshkentda sanoat forumi ochildi

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da 23-25 mart kunlari VIII xalqaro Uzbekistan Industrial Forum-2016 sanoat forumi bo‘lib o‘tadi.

«Jahon» AA xabariga ko‘ra, IEG Uzbekistan tomonidan tashkillashtirilgan forum oltita sanoat ko‘rgazmasi — UzSpectechExpo-2016, UzMetalMashExpo-2016, UzMiningExpo-2016, UzSecureExpo-2016, UzChemPlastExpo-2016 va UzAutomationExpo-2016`ni o‘zida birlashtirdi.

Ko‘rgazmalarda dunyoning 15 mamlakati, jumladan, Avstraliya, Armaniston, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Finlyandiya va Shveytsariyaning 60dan ziyod kompaniyalari ishtirok etmoqda.

«Turli ko‘rgazmalarni Uzbekistan Industrial Forum`da birlashtirish sanoatning yetakchi sohalarini qamrab olishga imkon beradi», — dedi loyiha rahbari Svetlana Denisova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda xorijiy ishtirokchilarning ulushi 60 foizdan kam emas.

Top