15:12 / 24.03.2016
2090

Toshkentda «Yapon kinosi kunlari» boshlandi

Yaponiyaning yurtimizdagi elchixonasi «O‘zbekkino» Milliy agentligi bilan hamkorlikda 25-27-mart kunlari Respublika Kinochilar uyida yurtimizda 11-marotaba «Yapon kinosi kunlari»ni o‘tkazadi. Unda yaponiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan 5ta badiiy va 2ta animatsion filmning namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kato Fumixiko hamda «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori Atabek Musayevning ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

«Yapon kinosi kunlari» Kendzi Nakanisining «Gullar mavsumidan so‘ng» nomli melodrama janridagi filmi bilan boshlanadi. O‘rta asrlardagi samuraylar haqida suratga olingan mazkur film yapon madaniyatining yana bir qirrasini ayol muhabbati timsolida ochib bergan.

Filmlarning namoyishi jadvali:
25 mart
Katta zal: 18:00 – Ochilish marosimi
«Gullar mavsumidan so‘ng» – «Posle sezona svetov»
26 mart
Pushti zal: 13:00 – «Olisdagi yulduz ovozi» – «Golos dalekoy zvezdi» (anime)
«Astroboy» (anime)
15:00 – «Suzuvchilar» – «Plovsi»
18:00 – «Xattot qizlar» – «Devchonki – kalligrafi»
27 mart
Pushti zal: 13:00 – «Asaxiyama zooparki: Osmondagi pingvinlar» –
«Zoopark Asaxiyama: Pingviny v nebe»
15:00 – «Gullar mavsumidan so‘ng» – «Posle sezona svetov»
18:00 – «Hamisha: Uchinchi xiyobondagi oqshom» –
«Vsegda: Zakat na tretey avenyu»
Namoyishlarga kirish bepul. Filmlar yapon tilida, rus tilidagi subtitralari bilan namoyish etiladi.

Top