18:50 / 25.03.2016
1390

Bryusseldagi maxsus amaliyot vaqtida 2ta portlash sodir bo‘ldi

Belgiya poytaxti Bryussel shahrining Skarbek tumanida portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda RTBF xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, shubhali shaxslar ko‘p bo‘lgan va 22 mart kungi teraktlar ijrochilari yashagan bu hududda o‘tkazilayotgan maxsus amaliyot vaqtida otishma chiqib, portlashlar yuz bergan.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hududda amaliyot o‘tkazayotgan maxsus harbiy xizmatchilar bir terrorchini bartaraf etishgan.

Ayni vaqtda hududda tozalash ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 300ga yaqin kishi jarohatlangan.

Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Jangarilar bu xuruj Belgiyaning Iroq va Suriyada xalqaro koalitsiya tarkibida IShIDga qarshi amaliyotlarda ishtirok etgani uchun sodir etilganini bildirishgan.

Top