19:01 / 25.03.2016
2977

Dizayner nogiron do‘sti uchun o‘ziyurar arava yaratdi (suratlar va video)

Yangi zelandiyalik dizayner Kevin Halsall muvozanatini o‘zi saqlovchi g‘ildirakli kursi ishlab chiqdi.

Ogo nogironlar aravachasini tana harakatlari yordamida boshqarish mumkin. Bu esa qo‘llarni tugmalarni bosish “vazifasi”dan ozod qiladi.

Ogo’ni Kevin an'anaviy nogironlar aravachasidan foydalanishga qiynalgan do‘stiga yordam berish uchun yaratgan. Muallif bir necha yillar davomida mustaqil ravishda turli nogironlar aravachalari tuzilishini o‘rganib, ushbu modelni ishlab chiqdi.

Ogo kursisining tana harakatlari asosida boshqarilishi umrining katta qismini o‘tirib yoki yotib o‘tkazishga majbur bo‘lgan odamlarning mushaklariga foydalidir.

Qulay bo‘lganda ushbu aravachani atigi bittagina qo‘l bilan ham boshqarish imkoniyati mavjud.

Indiegogo loyihasi doirasi Ogo aravachasini 1000 dollarga buyurtma qilish mumkin. Reja bo‘yicha, 2017 yilning sentabridan aravalarni keng tarqatish boshlanadi.

Top