07:15 / 25.03.2016
1435

Jon Kerri Putinga qizil jamodonda "syurpriz" olib kelganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi o‘zlarining rasmiy uchrashuvlarini Kerri Moskvaga o‘zi bilan birga olib kelgan qizil jamodon borasidagi hazil bilan boshlashdi.

Putin AQShlik mehmon ustidan hazil-mutoyiba qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi. Putin Kerri Moskvaga kelgach, hech kim unga jamodonini ko‘tarishga yordam bermaganidan ranjiganini aytdi. Putin "jamodonda qandaydir qimmatbaho narsa bo‘lganki, Kerri uni hech kimga ishonmagan", degan kinoyali taxmin bildirgan.

"Men sizning samolyotdan o‘z narsalaringiz bilan tushib kelayotganingizni ko‘rib, biroz ranjidim. Bir tomondan, bu juda demokratik. Boshqa tomondan esa davlat kotibining jamodonini olib yurishga odam yo‘qmi? Men siz jamodonda hech kimga ishonib bo‘lmaydigan qandaydir bir qimmatbaho narsa olib keldingiz degan fikrga bordim. Yoki unda biz bilan yaxshiroq savdolashish uchun pullar olib keldingizmi?", deb aytdi Putin hazillashib va Kerrining Moskvaga tashrifidan xursandligini ta'kidlab o‘tdi.

Kerri bunga javoban jamodon ichida nima borligini Putin bilan yakka holda uchrashganda ko‘rsatishini aytdi.

"Biz siz bilan alohida, yuzma-yuz gaplasha olganimizda, men sizga unda nima borligini ko‘rsataman. Siz bundan taajjublanasiz. Bu sizga syurpriz, yoqimli syurpriz bo‘ladi", deb aytdi Kerri. 

Keyinroq Kerri "Bu Putin bilan men o‘rtamdagi sir bo‘lib qoladi", deb aytgan.

 

Top