11:38 / 25.03.2016
1832

O‘zbek olimlari paxta terish mashinasini takomillashtirishdi

Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari paxta terish apparatini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agnetligining matbuot xizmati xabar qilgan.

Mazkur apparat qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi paxta terish apparatining va umuman paxta terish mashinasining ish samaradorligi, mehnat unumdorligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.

Ushbu qurilma mualliflariga № IAP 05158 raqamli patent berildi.

Top