12:21 / 25.03.2016
2242

O‘zbekiston va Singapur o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

23 mart kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Singapurning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Zulfiqli bin Baharuddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birgalikda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish hamda xususiylashtirish, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini tadbiq qilish va yuqori texnologiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda yetakchi Singapur kompaniyalarining faol ishtirok etishi bo‘yicha o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.

Top