18:19 / 25.03.2016
2114

"O‘zkimyosanoat" o‘z korxonalari aksiyalarini sotuvga qo‘ydi

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar aksiyalari birja orqali sotuvga qo‘yilgan. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xorijiy investorlar aksiyalarning kamida 15 foizini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bu korxonalar ro‘yxatida mamlakat kimyo sanoatidagi eng yirik korxonalar bo‘lmish "Navoiyazot" va "Farg‘onaazot" korxonalari bor.

Ayni vaqtda "O‘zkimyosanoat" dunyodagi qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 100dan ortiq kompaniyalardan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha takliflarga ega.

Top