11:09 / 25.03.2016
2141

Shveytsariya soatlariga Registon tasviri tushirildi

Piaget Shveytsariya kompaniyasi siferblatida Ulug‘bek va Sherdor madrasalarining bezaklari batafsil chizilgan soatlar ishlab chiqarishni boshladi.

Registon maydonini soatlarga ishlov berish bo‘yicha jahonning eng yaxshi mutaxassislaridan biri – Anite Porshe tasvirladi. U Ulug‘bek va Sherdor madrasalari hamda ular uzra parvoz qilayotgan lochin suratlarini mohirona chizishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Vogue”.

Registon maydoni tasvirlangan soatlar Buyuk Ipak yo‘li tarixi va merosiga bag‘ishlangan “Secrets & Lights – A Mythical Journey by Piaget” (“Sinoat va olov – Piaget bilan afsonaviy sayohat”) to‘plamiga kiritildi.

Ushbu kolleksiyadan Venetsiya tasviri tushirilgan soatlar ham joy oldi.

Premium-sinfidagi soatlar ishlab chiqaruvchi “Piaget” Shveytsariya kompaniyasiga 1874 yili asos solingan. 1957 yildan buyon kompaniya o‘z mahsulotlarida faqatgina qimmatbaho toshlardan foydalanadi.

Top