08:30 / 26.03.2016
1659

AQShda dron birinchi marta mustaqil ravishda pochta jo‘natmasini yetkazdi

Nevada shtati gubernatori Brayan Sendoval uchuvchisiz parvoz qurilmasi yordamida shahar sharoitida jo‘natmani yetkazish doirasida Xotorn shahriga birinchi pochta jo‘natmasi yetkazilganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Ushbu jarayonni amalga oshirgan Flirtey kompaniyasi bosh direktori Mett Suinining ma'lum qilishicha, jo‘natmani yetkazgan dron yarim mil uchib o‘tib, shaharning kimsasiz hududiga o‘zidagi paketni tashlagan, chunki jo‘natma yetkaziladigan aniq manzil bo‘lmagan.

Dronning marshruti GPS yordamida berildi. Paketda ichimlik suvi idishi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon qutisi bo‘lgan.

"Uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida shahar sharoitida birinchi jo‘natmani yetkazish katta muvaffaqiyat hisoblanadi va bizni uchuvchisiz samolyotlar to‘g‘ri sizning eshigingizga muntazam ravishda jo‘natmalarni yetkazadigan kunga yaqinlashtiradi", deb aytdi Suini.

Nevada gubernatori kompaniyani bu yutuq bilan tabrikladi.

Top