19:10 / 26.03.2016
2716

Mutaxassislar T-limfotsitlar DNKsidan OITVni yo‘qotishga muvaffaq bo‘lishdi

Lyus Katts Tibbiy o‘quv muassasasidagi olimlar guruhi o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazib, OITVni xavfsiz yo‘qotish usulini kashf qilishdi. Ular olib borgan ilmiy tadqiqot kelajakda OITSga qarshi kurashuvchi dori ishlab chiqarish imkonini beradi.

OITV - inson immunitetini parchalovchi, asta-sekin avj oluvchi retrovirus hisoblanadi. Natijada immunitetga ziyon yetadi hamda bemorning organizmi turli infeksiya va o‘simtalarga qarshi kurashish imkoniyatini yo‘qotadi. Shifokor aralashuvisiz bemorning o‘limi o‘rta hisobda 9-11 yilda ro‘y beradi. Mazkur virus butun dunyoda 25 million kishining hayotini zomin qildi.

Avval ham T-limfotsitlarni qayta faollashtirish yo‘li bilan virusni yo‘q qilishga urinib ko‘rish hollari bo‘lgan, biroq u tadqiqotlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Top