16:01 / 26.03.2016
1415

O‘zbekiston TIV rahbari YeIning Toshkentdagi ofisiga tashrif buyurdi

2016 yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Toshkent shahridagi ofisiga tashrif buyurdi. Bu haqda Respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan 2016 yil 22 mart kuni Brussel shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur ta'ziya bildirdi va diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

YI Delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk, o‘z navbatida, Belgiya Qirolligi va butun Yevropa Ittifoqi uchun qayg‘uli bo‘lgan damlarda hamdardlik va dalda so‘zlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top