16:37 / 26.03.2016
3707

PAYNET orqali blokli testlar to‘plamini xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

2016 yil mart oyidan boshlab PAYNET to‘lov tizimi orqali tarkibida abituriyentlar uchun elektron testlar mavjud ko‘proq dasturlarni xarid qilish mumkin. Endilikda bu yerda nafaqat to‘liq versiyalar uchun, balki blokli to‘plamlar uchun ham seriya raqamlarini sotib olish mumkin. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.

Blokli to‘plamlarni, qoidaga ko‘ra, qaysi kollej yoki oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishini biladigan hamda tayyorgarlikni faqat tanlangan yo‘nalish bo‘yicha testlashga kiritiladigan fanlar bo‘yicha amalga oshiradiganlar xarid qilishadi.

PAYNET tizimining afzalligi, eng avvalo, undan O‘zbekistonning istalgan mintaqasida foydala olish imkoniyatidir.


Elektron testlar uchun seriya raqamini O‘zbekistonning istalgan burchagidagi har qanday PAYNETdan xarid qilish imkoniyati yaratildi. PAYNETga kelganda operatordan “Xizmatlar” bo‘limiga kirib, Abitur.uz ni tanlashni, so‘ngra tushuvchi ro‘yxatdan testlari mavjud zarur dasturni tanlashni so‘rash lozim.

Blokli to‘plamlarni PAYNET orqali xarid qilish barcha xohlovchilarning to‘liq to‘plamlarni sotib olish huquqini bekor qilmaydi. Ilgarigidek bu to‘lov tizimi orqali quyidagi to‘liq versiyalarni sotib olish mumkin:

-“Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

-“Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

-“Rossiya OTM kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

-“Matematika” elektron o‘quv qo‘llanmasi”.

Elektron testlar uchun seriya raqami siz to‘lovni amalga oshirganda oladigan PAYNET chekida ko‘rsatiladi. Elektron testlar uchun bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda faollashtirish uchun mo‘ljallangan. Faollashtirish kodini Internet orqali olganda “Mahsulot turi”ni, ya'ni seriya raqami uning uchun xarid qilingan dasturni reg.mg.uz sahifasida to‘g‘ri tanlash muhimdir. Mahsulot turini tanlash qo‘lda amalga oshiriladi. Dasturni faollashtirishda qiyinchiliklar vujudga kelganda 200-00-40telefon raqami orqali bog‘lanib, yordam so‘rasa bo‘ladi.

Top