00:13 / 26.03.2016
1508

Si Tszinpinning iste'foga ketishi so‘ralgan undov sababli 20 xitoylik hibsga olindi

Xitoy raisi Si Tszinpinni iste'foga ketishga undovga aloqadorlikda gumon qilinib, 20 xitoylik hibsga olindi. Bu haqda OAVlar xabar bermoqda. Bu chaqiriq yozilgan maktub hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Wujie News saytida chop etilgan.

"Hurmatli o‘rtoq Si Tszinpin, biz Kommunistik partiyaning sadoqatli a'zolarimiz va biz bu xatni sizni barcha davlat va partiya lavozimlaridan voz kechishingizni so‘rab yozmoqdamiz", deyilmoqda maktubda. Maktubda rais barcha hokimiyatni o‘z qo‘liga olgani, iqtisodiyot va tashqi siyosatda xatolarga yo‘l qo‘ygani, so‘z erkinligini cheklab "mamlakatni yanada falajlagani", aytilgan..

Bu xabar chop etilganidan keyin tez fursatda o‘chirib tashlangan. Dastlab xat xorijiy saytlardan birida xitoy tilida paydo bo‘lgan. U qanday qilib hukumat saytiga tushib qolgani ham noma'lum. Taxmin qilinishicha, sayt xakerlar hujumiga uchragan bo‘lishi mumkin. Hibsga olinganlar orasida 10 nafar jurnalist va saytning ishini ta'minlash bilan shug‘ullangan 10 nafar texnik bo‘lgan.

Top