12:10 / 26.03.2016
2051

Toshketdagi ikkita tramvay yo‘nalishida harakatlar to‘xtatildi

26 mart kuni Toshkent shahrida ikkita tramvay yo‘nalishi: №12 (“Beshqayrag‘och” dahasi — metroning “Beruniy” bekati) va №26 (“Qo‘yliq-6” dahasi — “Toshkent” vokzali) to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent tramvayi” vakili va tramvay haydovchilari ma'lumotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bugun tongda har ikki yo‘nalishda ham tramvaylar harakati to‘xtatilgan. “Toshkent tramvayi”dagilar telefon orqali tramvaylar faqat bugun chiqmagani, ularning kelgusidagi harakatlari ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgan. Ammo manbaning ta'kidlashicha, masala allaqachon hal bo‘lgan.

Bu haqda harakatlar to‘xtatilishidan oldin na biror bir mahalliy matbuotda va na hokimiyat yoki “Toshshahartransxizmat”ning saytida ma'lum qilinmagan.

Bu borada hukumat rejasi ma'lum emas.

Top