17:50 / 26.03.2016
1392

Yaponiya hukumati KXDR fuqarolariga nisbatan sanksiyalarini keskin kuchaytirdi

Yaponiya hukumati 6 yanvar kuni KXDRdagi yadroviy sinov va 7 fevraldagi Yerning sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketaning uchirilishdan so‘ng bu davlatga nisbatan qat'iy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi. Hukumat Koreya fuqarolari ligasiga mansub shaxslar ro‘yxatini 45 tagacha kengaytirdi. Agar bu kishilar Koreyaga yana borsalar, Yaponiyaga qaytish taqiqlanishini aytib ogohlantirildilar. Ularning orasida "Chxonryon" vakillari, shuningdek, bir necha olim va muhandislar bo‘lib, ularning KXDR raketa dasturi taraqqiyotiga aloqasi borligi ehtimoldan xoli emas.

Yadroviy sinovdan keyingi yana boshqa ko‘rilgan choralar orasida yapon portlariga Shimoliy Koreya sudlarining kirishi taqiqi ham bor, hattoki bundan gumanitar yordam ko‘zlangan bo‘lsa ham. Bundan tashqari yapon hukumati KXDR fuqarolari hisobidagi mablag‘larni ham muzlatib qo‘yishini ma'lum qildi. Bir tomonlama sanksiyalarning kengaytirilishi KXDRga pul o‘tkazishni butkul man etadi.

2 mart kuni BMTning Xavfsizlik ittifoqi KXDRga nisbatan sanksiyalarning kuchaytirilishi haqida rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatga ko‘ra Pxenyanga ko‘mir, temir rudasi, titan, vanadiy, oltin va boshqa qimmatbaho metallar eksporti, shuningdek, KXDRga aviatsion va raketa yoqilg‘isining embargosi taqiqilanadi.

O‘z o‘rnida KXDR tashqi ishlar vazirligi BMTning rezolyutsiyasini inkor qilib, yadroviy sinov shunchaki AQShning yovuz siyosatiga nisbatan javob tariqasida "o‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida", sun'iy yo‘ldoshning uchirilishini esa koinotni tadqiq qilish uchun o‘tkazilganligini ma'lum qildi.

Top