10:29 / 27.03.2016
1498

Denis Istomin Mayamidagi turnirda dunyoning ikkinchi raqamli tennischisiga yutqazdi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Mayami shahrida davom etayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 7 million 37 ming 595 dollardan iborat nufuzli turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Denisning ikkinchi bosqichdagi raqibi dunyoning ikkinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey bo‘ldi.

Marrey o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 mart kuni tongi, soat 05.00da boshlandi.

O‘zbekiston vakili 1 soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda 3:6 va 5:7 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi.

Endilikda, bu tennischilarning o‘zaro uchrashuvlardagi natijasi britaniyalik tennischi foydasiga 3:0 bo‘lib turibdi.

U keyingi bosqichda bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan to‘qnashadi.

Taqqoslash uchun, 29 yoshli Denis Istomin dunyo reytingida 76, 28 yoshli Marrey esa 2-o‘rinni egallab turibdi. Mayami turniri g‘olibi bir million 28 ming 300 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Top