09:19 / 27.03.2016
1262

«Manchester Yunayted» «Atletik»ning 2 futbolchisini olish uchun 70 mln yevro tayyorlamoqda

«Manchester Yunayted» jamoasi Ispaniyaning «Atletik» jamoasi safidagi himoyachi Mikel San Xose va yarimhimoyachi Oskar De Markosni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Goal.com nashrida yozilishicha, yozgi transferlar vaqtida bu reja amalga oshiriladi. Futbolchilarning transferi uchun «qizil iblislar» 70 million yevro to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Xabar qilinishicha, bu futbolchilarga jamoaning ayni vaqtdagi bosh murabbiyi Lui van Gaal tomonidan qiziqish bildirilgan. Lekin u jamoani mavsum yakunida tark etadigan bo‘lsa, bu transferlar amalga oshirilishi so‘roq ostida qoladi.

Joriy mavsumda San Xose «Atletik» uchun ichki chempionatda 26 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. De Markos ham shuncha uchrashuvda maydonga tushgan va bir golga mualliflik qilgan.

Top