20:38 / 27.03.2016
5370

Mirzabek Xolmedov: o‘g‘illarim menga taqlid qilishmaydi, shunchaki ularning peshanasida “Mirzaning bolasi” degan tamg‘a bor

“Bekajon” gazetasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov bilan suhbat uyushtirdi.

“Tanqid qilish hammaning ham qo‘lidan keladi. Lekin siz o‘sha tanqid qilayotgan odamning ko‘nglidagini, maqsadini bilmaysiz-ku. Uning ham vijdoniga qarshi bormaydigan haqiqatlari, ezgu niyatlari bo‘ladi”, deydi san'atkor.

“Ikki o‘g‘lingiz ham ortingizdan ketdi. Biroq haligacha taqliddan chiqa olishmayapti. Balki qanotingiz ostida bo‘lishgani uchun shunday yo‘l tutishayotgandir”, degan savolga so‘z ustasi quyidagicha javob qaytardi:

“Ota-bobong qilgan ishni qil, o‘sha kasb senga yarashadi, deb bekor aytishmagan. Oybek San'at va madaniyat oliygohini tamomladi, Ulug‘bek esa estrada-sirk kollejida tahsil oldi. Oybek qo‘shiq aytadi, ssenariylar yozadi, aktyorlik qiladi. Ulug‘bek esa davralarda so‘z ustasi bo‘lib, tirikchiligini o‘tkazayapti. Aslida, o‘g‘illarim menga taqlid qilishayotgani yo‘q, ularning peshanasida “Mirzaning bolasi” degan tamg‘a bor. Qonida bor, balki shunga ovozi, gap-so‘zlari menga tortar. Men ham vaqtida taqlid qilganman. Hamza Umarov, Ergash Karimov bilan birga ishlaganman. Farzandlarim eldan, mendan duo olishyapti, nasib etsa, bir kun bular ham ko‘zlagan manziliga yetishar”.

Top